Sirdaryoliklar Saylovoldi dastur yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi
Sirdaryoliklar Saylovoldi dastur yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi

Muloqotda Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari Ulugʼbek Vafoev soʼzga chiqib, yigʼilganlarni yangi Saylovoldi dasturi loyihasi kontseptsiyasi bilan tanishtirdi.

Taʼkidlanganidek, har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, kambagʼallikni qisqartirish, yangi ish oʼrinlari va daromad manbaini koʼpaytirish kabi maqsadlarga erishish uchun partiya keyingi besh yillik uchun 10 ta yoʼnalish, 15 ta strategik qadamdan iborat ustuvor vazifalarni rejalashtirgan:

Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturiga kiritish koʼzda tutilayotgan muhim masalalar, undagi ustuvor yoʼnalishlar, gʼoya va tashabbuslar toʼgʼrisida atroflicha tushuncha berdi. Xususan, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati haqida fikr yuritildi.



Masalan, energetika va moddiy resurslarning katta yoʼqotishlariga yoʼl qoʼymaslik, kommunal xizmatlar yetkazib beruvchilarining monopoliyasiga barham berishni koʼzlangan boʼlib, aholiga sifatli kommunal xizmat koʼrsatish darajasini oshirishga eʼtibor qaratiladi. Kommunal xizmatlar va uy-joy fondidan foydalanish boʼyicha xizmatlar narxlari va tariflarni belgilashni tartibga solish maqsadida “Kommunal xizmatlar va tariflarni tartibga solish toʼgʼrisida”gi Qonunni qabul qilish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor vazifa qilib belgilanayotganligiga ham eʼtibor qaratildi.

Bu borada partiya tibbiy sugʼurtani joriy etish, keksalar va onkologik kasallar uchun sifatli xizmat koʼrsatishning yuqori standartlarini taʼminlashga qaratilgan xospis tizimini rivojlantirish kabi takliflar bilan chiqmoqda.

Bundan tashqari, XDP ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyoti tarafdori ekanligiga urgʼu berildi. Iqtisodiy siyosatning ijtimoiy samaradorligini taʼminlash, iqtisodiyotda davlatning asosiy tartibga soluvchi rolini kuchaytirish zarurligi printspial masalalardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Qatnashchilar Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasining yangi Saylovoldi dasturiga kiritish koʼzda tutilayotgan gʼoya va tashabbuslar bilan atroflicha tanishar ekan, ularning ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillariga asoslanganligi, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berishga kabi ezgu gʼoyalarga asoslanganligini har tomonlama maʼqullashdi.

Muhokamada soʼzga chiqqan faollar adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, yangi ish oʼrinlari va daromad manbaini koʼpaytirish kabi masalalar boʼyicha fikr-mulohaza va takliflarini bildirishdi.



← Roʻyxatga qaytish