Saylov yangi tizimda o‘tadi
Saylov yangi tizimda o‘tadi

  Muloqotda majoritar va proporsional tizimlar: farqlari, afzalliklari va kamchiliklari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, aralash saylov tizimi o‘zida ikkita — proporsional va majoritar saylov tizimini uyg‘unlashtirgan. Unda vakillik organidagi deputatlik o‘rinlarining bir qismi deputatlikka nomzodlarning partiya ro‘yxatiga muvofiq siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda, ikkinchi qismi esa bevosita siyosiy partiya tomonidan bir mandatli saylov okruglaridan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlarga berilgan ovozlar natijasiga ko‘ra taqsimlanadi.



 Uchrashuvda saylov tizimidagi yangiliklar xususida atroflicha ma’lumotlar berilib, yurt kelajagiga befarq bo‘lmaslikka chaqirildi.

← Roʻyxatga qaytish