Hisobot saylov konferensiyasi
Hisobot saylov konferensiyasi

Yaqinda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda partiyaning faol ishtiroki belgilandi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan - "Shukrona" MFY raisi, O‘zXDP Yangiyer shahar Kengashi deputati M.Urumbayeva, "Nuroniy" jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi, O‘zXDP Yangiyer shahar Kengashi deputati Y.Samadov hamda boshqalar partiya va deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirish, saylovlarga puxta hozirlik ko‘rish to‘g‘risida hamda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, proporsional, majoritar va aralash saylov tizimlari to‘g‘risida atroflicha to‘xtaldilar.



Shuningdek, O‘zXDP Yangiyer shahar Kengashining tashkiliy plenumida A.Toshmatov Kengash raisi etib qayta saylandi.
2019-2024 yillarda O‘zXDP Yangiyer shahar Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar doirasida o‘z mehnatsevarligi va faolligi bilan ajralib turgan deputatlarga Sirdaryo viloyat Kengashining tashakkurnomalari topshirildi.




← Roʻyxatga qaytish