Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan Andijon shahrida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan Andijon shahrida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Andijon viloyatidagi ishonchli vakili Baxrom Qurbonov Andijon shahridagi 4-sonli musiqa maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Nomzodning ishonchli vakili Baxrom Qurbonov yig‘ilganlarga nomzod saylovoldi dasturida belgilangan tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumotlar va tushuntirishlar berdi.

Jumladan, ishonchli vakil saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturida “Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish belgilangani haqida batafsil tushuntirishlar berdi. “Ushbu qonunning qabul qilinishidan maqsad – har bir insonning birlamchi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilashdan iborat” deb ta’kidladi ishonchli vakil yig‘ilganlarga.

Uchrashuvda saylovchilar bergan savollarga ishonchli vakil bafurja javoblar berdi.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish