Surxondaryoda delegatlar saylandi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashining VII plenumi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat kengashi mas’ul xodimlari, Termiz shahar va tuman partiya tashkilotlari rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, yoshlar va ayollar qanotlari faollari, hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Plenum kun tartibidan 2 ta - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat tashkiloti va partiya guruhlarining saylovdagi munosib ishtiroki hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi XIII qurultoyiga Surxondaryo viloyatidan delegatlar saylash to‘g‘risidagi masalalar o‘rin olgan edi.
Yig‘ilishda ishtirokchilar takliflariga asosan 7 nafar delegat saylandi.