Deputatlik va jamoatchilik nazorati amalda
Deputatlik va jamoatchilik nazorati amalda

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashning 2023 yil ish rejasiga asosan Jizzax viloyati Arnasoy tumanida ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi tizimi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ishlashini to‘g‘ri tashkil etish, ijtimoiy himoya uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va maqsadli ishlatilishi ustidan muntazam ravishda deputatlik va jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi raisi N. Xolmatov, viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari M. Boboyeva, bo‘lim boshlig‘i I. Hamidov, O‘z XDP Arnasoy tuman Kengashi raisi O. Mustafayev, Arnasoy tuman Kengashi deputati Z. Ibragimov va Bobur MFY faollari bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy himoyaga olingan 10 nafar oilalar xonadonida bo‘lindi.

Ishchi guruh aholi vakillari bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari va muammolarini o‘rgandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish