«Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda»
Jizzax viloyat Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasida ayollar va bolalar uchun hamda barcha fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Tibbiyot sohasining yetuk, malakali mutaxassislari tomonidan aholining salomatligi o‘rganildi.
Ko‘rik chog‘ida kasalligi aniqlangan bemorlarga aniq tashxislar qo‘yilgani holda zarur muolajalarni olish yuzasidan tegishli tavsiya va yo‘llanmalar berildi.
Tibbiyot mutaxassislari tomonidan 32 nafardan ziyod onalar va bolalar ko‘rikdan o‘tkazilib, salomatliklarini tiklash va asrash bo‘yicha zarur maslahatlar berildi.