Mirzacho‘l tumanidagi 17-umumta’lim maktabida “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova so‘zga chiqib, referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz fuqarolari hayotida tutadigan o‘rni, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan e’tibor, xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishi, inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligi haqida batafsil gapirib o‘tdi.
Bosh Qomusimizning 43-moddasida davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi borasidagi normalar o‘rin olgan. Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlar va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi ta’kidlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimizning nurli istiqboli, barqaror iqtisodiy taraqqiyotimiz, el baxti va farovonligi kafolati bo‘lgan tarixiy hujjatga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.