"Birdamlik va ahillik bilan kelajakni quramiz!"

 

O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasining Yakkasaroy tumanida joylashgan binosida “Birdamlik va ahillik bilan kelajakni quramiz!" va "Yoshlar bizning kelajagimiz" shiori ostida davra suhbat tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektori mudiri Yoqutxon Abdusattorova yangi tahrirdagi Konstitutsiya, unga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, Bosh Qomusimizda ayollar va yoshlarning huquqlari bilan bog‘liq normalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Birdamlik va ahillik bilan kelajakni quramiz!" va "Yoshlar bizning kelajagimiz" shiori ostida Yakkasaroy tumanidagi "Anor" restoranida ham uchrashuv tashkil etildi.

Suhbatda Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, bugungi hayotimizda tutgan o‘rni va kelajakka ta’siri haqida gaplashildi. Yakkasaroy tumanida shuningdek, "Konstitutsiya o‘zimizniki" shiori ostida 160-maktabda targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va hudud faollari qatnashgan uchrashuvda XDP Toshkent shahar kengashi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektori mudiri Yoqutxon Abdusattorova Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.

Tadbirlar so‘nggida 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolindi!

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish