Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Yoshlarga g‘amxo‘rlik – davlat va jamiyat majburiyati!” mavzusida talaba yoshlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi Q. Qalxorazov, O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi bo‘lim boshlig‘i N. Kishanovlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil ma’ruza kilishdi.
Uchrashuv davomida Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ta’lim rivoji va yoshlar hayotidagi o‘rniga doir muhim jihatlar xususida ma’lumot berildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingan bo‘lib, inson huquq va erkinliklariga oid normalar oshirilmoqda. O‘z navbatida davlatning ham xalq oldidagi majburiyati bir necha baravar ortishi ko‘zda tutilgan. Chunki Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda "Inson manfaati har narsadan ustun" degan ma’no asos qilib olinmoqda.
Tadbirda so‘z olganlar Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ma’lumot berar ekan, barcha sohalarda kiritilgan o‘zgartishlarda Konstitutsiyamiz tom ma’noda “Xalq Konstitutsiyasi” bo‘lib borayotganligini, davlat siyosatidagi o‘zgarishlar, ta’lim sohasida yaratilayotgan shart – sharoitlar, Inson huquq va erkinliklari yanada mustahkamlanayotganligi, Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar kengaytirilayotganligi, Yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirish kafolatlanayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilyapti.
Mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.