Forish tuman madaniyat markazida Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova so‘zga chiqib, Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, sohaga doir muhim jihatlar xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyaning 1-moddasiga binoan O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektori Zomin tumani Yoshlar markazida ham ana shunday uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston XDP tuman kengashi raisi Raxmonqul Mamatqulov ishtirok etdi. Yoshlarga qabul qilinayotgan yangi taxrirdagi Konstitutsiyaning XIV bob oila , bolalar va yoshlar to‘g‘risidagi 76, 77,78, 79, 80-moddalarning mazmun va mohiyati, shuningdek davlat va jamiyatning majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ilk bor davlat yoshlarning ta’lim olishiga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratishi mustahkamlamoqda. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ma’qullab, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston XDP Jizzax shahar Kengashi va partiya deputatlik guruhining tashabbusi bilan Jizzax shahri Mahalla markazida xotin-qizlar faollari va Jizzaxlik MFY fuqarolari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda asosiy etibor yangi qabul qilinayotgan Qomusimizning xalqimiz hayotida tutgan muhim o‘rni va ahamiyati, eng asosiysi, inson omili oliy qadriyat, deb e’tirof etilayotganligi, barcha qatlamlar manfaatlarini ifoda etgan holda mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilishiga qaratildi.