Ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini keng jamoatchilik orasida targ‘ibot-tashviqot qilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan Yoshlar markazi binosida Zomin tumani tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlari, OShP xodimlari, Ibn Sino jamoatchilik tibbiyot kolleji o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida ana shunday uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a’zosi M.O‘razaliyeva qatnashdi va yangi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida keng va batafsil ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, tadbirda Zomin tumani XDP Kengashi raisi, tuman kotibiyati mudiri ham so‘zga chiqib, Bosh qomusimiz yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.