O‘zbekiston XDP Toshkent shahar va tumanlari kengashlari deputatlari tomonidan poytaxtning Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Chilonzor tumanlarida "Yashil makon" loyihasi doirasida tumanlar Kengashlari hovlilari hamda aholi yashash joylarida archa va siren ko‘chatlari, gullar ekildi, daraxtlarga shakl berilib oqlandi.
Xususan, Yashnobod tuman Kengashi deputatlari O. Buzurukxodjayeva va K. Shomurodovlar tumandagi Yangi davr va Jarqo‘rg‘on mahallalariga 100 tup mevali daraxt ko‘chatlari tarqatib, hududga ekish ishlarida ham faol qatnashdi. XDP Toshkent shahar kengashi yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektori mudiri Y.Abdusattorova Oliy Majlis Senatining Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birgalikda Sergeli tumanida joylashgan 332-maktabga daraxtlar ekishdi.
Chilonzor tumani "Ko‘tarma" mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Donoxon Mahmudova aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashdi. Mevali va archa ko‘chatlari ekildi. Mahalla faollari bilan Navro‘z sumalagi ham qilindi.