Yangi transformator nima uchun tarmoqqa ulanmagan?
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Xaliljon Sotiboldiyev Yolg‘izbog‘ mahallasidagi muloqotlari davomida eskirgan transformator podstansiyasini yangisiga almashtirish ishlari holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida yangi transformator podstansiyasi o‘rnatilganiga ma’lum vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, hali elektr tarmog‘iga ulanmagani aniqlandi. Holat yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan bog‘lanilib, ishlarning kechikish sabablari aniqlashtirildi.
Masala deputatlik nazoratiga olindi. Yangi transformatorni tarmoqqa ulash va aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan ish olib borish belgilandi.