Baliqchida kichik GES qurilishi o‘rganildi
Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Shoyadbek Sattarov Baliqchi tumanida qurilayotgan kichik gidroelektr stansiyasida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. Jarayonda tuman Kengashi Kotibiyat mudiri O. Ismoilov ham ishtirok etdi.
«Razviliyu elektro energiye» MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy quvvati 2 MVtni tashkil etadi. Qurilish ishlariga mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Xitoydan kelgan mutaxassislar ham jalb etilgan.
O‘rganish davomida ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.