Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaharchasidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining binosi, moddiy-texnika bazasi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, mazkur hududda joylashgan sport majmuasiga shtat birliklari ajratilishi bo‘yicha murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining mavjud holatini yaxshilash, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2024-yilda ixtisoslashtirilgan tayekvondo WT markazi sifatida tashkil etilgan sport majmuasining to‘liq faoliyat yuritishi uchun zarur shtat birliklari ajratish masalasi deputatimiz Muqaddas O‘razaliyevaning tashabbusi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorligi natijasida ijobiy hal etildi hamda sport majmuasiga 7 ta shtat birligi ajratilishi ta’minlandi.
Natijada, murojaat ijobiy hal etilib, sport majmuasida 200 nafardan ortiq bolalarning muntazam sport bilan shug‘ullanishi hamda sportchilar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.