Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati I. Karatayev tomonidan Sayxunobod tumanida fuqarolar murojaatlari hamda hudud infratuzilmasiga oid masalalar o‘rganildi.
Jumladan, “Nurlish” mahallasida yashovchi fuqaro G. Ibragimovaning uy-joyini ta’mirlash bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganilib, zarur qurilish materiallari olib berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, “Do‘stlik” kanalining “Nurlio‘l” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida barpo etilayotgan ko‘prik qurilishi ham ko‘zdan kechirildi. Qurilish-montaj ishlarining borishi, ularning loyiha talablariga muvofiqligi va obyektning keyingi bosqichlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Ko‘prik qurilishi bilan bog‘liq ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.
Fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish va hududdagi muhim infratuzilma obyektlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.