O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Irina Tokareva so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini ta’minlash va aholining turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Farhod Abdullayev davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlar, ma’naviy taraqqiyot va istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar haqida ma’ruza qildi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova esa Yangi O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar va yoshlar tarbiyasi haqida fikr bildirdi.
Tadbir yakunida partiya faoliyatida samarali mehnat qilayotgan bir guruh tuman kengashi raislari, deputatlar va partiya faollari partiyaning diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.