Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi

 

Xalq deputatlari G‘ijduvon tuman Kengashidagi O‘zXDP deputati Behruz Bafoyev hududdagi 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida 660 o‘rinli, 2025-yilda yangidan qurilib foydalanishga topshirilgan maktab binosining saqlanish holati, sinfxonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabdagi mavjud sharoitlardan oqilona foydalanish, yangi binoni belgilangan talablar asosida asrab-avaylash va ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish