“Imkoniyat cheklanmagan” aksiyasi doirasida ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi

 

Nukus shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida “Imkoniyat cheklanmagan” shiori ostida ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi mas’ul xodimlari, partiyadan saylangan deputatlar, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi vakillari, partiya faollari, “Yoshlar qanoti” a’zolari, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada nogironligi bo‘lgan fuqarolarning qo‘l mehnati bilan tayyorlagan buyumlari, amaliy san’at namunalari, bezak mahsulotlari, suvenirlar, to‘quvchilik va tikuvchilik mahsulotlari hamda boshqa ijodiy ishlari namoyish etildi. Mehmonlar ijodkorlarning ishlari bilan tanishib, ular bilan muloqot qildi hamda o‘zlariga ma’qul mahsulotlarni xarid qilib, ularning mehnatini qo‘llab-quvvatladi.

Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish va mehnatga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ijodkorlarga O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining Tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish