O‘zbekiston XDP Oltinko‘l tuman kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida tumandagi 27- va 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida muassasalarda yong‘in va elektr xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar holati tahlil qilindi. Shuningdek, mas’ul xodimlarning xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilishi va profilaktik ishlarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.