Bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi

 

Mirzacho‘l tumanidagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Unda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport, xotin-qizlar hamda gender tengligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Namazova, viloyat Kengashi deputati S.Azimova, tuman sanitariya-epidemiologiya xizmati vakili M.Jonuzaqova hamda tuman FVB xodimlari O.Barnoyev va X.Ro‘ziqulovlar ishtirok etdi.

O‘rganish davomida bolalar hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillar, muassasadagi xavfsizlik choralari hamda mavjud sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Mazkur masalalar doimiy komissiya va deputatlar nazoratida bo‘lib, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga qaratilgan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish