Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi
Partiyamiz Jizzax viloyat kengashi raisi Nuriddin Xolmatov boshchiligidagi ishchi guruh Sh.Rashidov tumanidagi 3, 6 va 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish olib bordi.
O‘rganishlarda yong‘in, elektr, sanitariya hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun tuzilgan kunlik taomnoma belgilangan me’yorlarga qanchalik mosligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirildi.
Ishchi guruh muassasalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanib, muammolarning o‘z vaqtida va samarali hal etilishi borasida taklif va tavsiyalarini berdi.