Deputatimiz nosoz kanalizatsiya tarmoqlari bo‘yicha so‘rov yubordi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I. Masharipov tomonidan “Istiqbol” mahallasi, Madaniyat ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi murojaatlari asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.
Aniqlanishicha, 80 ta xonadonga xizmat qiluvchi kanalizatsiya tarmoqlari nosoz holatga kelib qolgan. Oqava suvlarning ochiq maydonlarga chiqib ketishi hududda sanitariya-gigiyenik holat yomonlashishiga va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Muammoni bartaraf etish maqsadida “Xorazm suv ta’minoti” AJ Shovot tumani filialiga kanalizatsiya tizimining texnik holatini zudlik bilan o‘rganish va aniqlangan nosozliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.