O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi tashabbusi bilan Urganch davlat pedagogika institutida talaba yoshlar o‘rtasida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri tashkil etildi. Tadbir yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning faolligini kuchaytirishga qaratildi.
Intellektual bellashuvda jami 8 ta jamoa – “Yuksalish”, “Turon”, “Evrika”, “Biologlar”, “Progres”, “Astronomlar”, “To‘marislar” va “Ekologlar” jamoalari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra, “Evrika” jamoasi 1-o‘rinni egalladi. “Biologlar” jamoasi 2-o‘ringa, “Yuksalish” jamoasi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan jamoalar partiyaning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.