Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashidagi deputatimiz Gulchehra Jo‘rayeva tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish olib bordi. Unda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini baholash, mavjud tizimning samaradorligini tahlil qilish hamda muammoli jihatlarni aniqlash maqsad qilingan edi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning o‘z vaqtida yetkazilishi va to‘g‘ri taqsimlanishi o‘rganildi. Bu jarayonda dorilar ta’minotida uzilishlar bor-yo‘qligi, amaliyotda qanday muammolar uchrayotgani ham tahlil qilindi.

Bundan tashqari, ijtimoiy retseptlar asosida aholining imtiyozli qatlamlariga xizmat ko‘rsatish tizimiga e’tibor qaratilib, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarga maxsus ijtimoiy dorixona orqali bepul dori vositalari berilishi amaliyoti baholandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, muassasaning umumiy holati ijobiy baholangan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda kamchiliklar borligi, birlashma faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Bunda, dori vositalari ta’minotini barqarorlashtirish, raqamlashtirish tizimini kengaytirish, aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish va profilaktik ko‘riklar qamrovini kengaytirish zarurligi aytildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish