Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zosi Sharofiddin Nazarov Qashqadaryo viloyati Koson tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvda deputatimiz saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan ijtimoiy muammolar, kambag‘al ayollarni ish bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat bilan ta’minlash borasidagi muammolar yuzasidan murojaatlarni tingladi.
Shuningdek, deputat partiya fraksiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilgan hamda qabul qilingan Qonunlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirishlar berdi.
Yana bir deputatimiz Jamol Achilov Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar olib bordi. Jumladan, tumandagi 35-umumta’lim maktabining umumiy holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab jamoasi va faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib ularning murojaatlari tinglandi.
Deputatlarimiz hududlardagi saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida bildirilgan har murojaatga alohida yondashuv va ularning yechimi borasida tizimli ishlar olib borishga qaror qilishdi.