Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlarimizning hududlardagi uchrashuvlari davom etmoqda.
Xususan, deputatimiz Qizilgul Qosimova partiyamiz Toshkent viloyat kengashi raisi Akmal Umaraliyev hamrohligida Angren shahridagi “Kimyogar”, “Yangi Hayot” va “Go‘zal” mahallalarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, uy-joy ta’miri, yo‘llarni yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti va bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Faollarimiz har bir murojaatni alohida ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishga kelishib olishdi.
Mazkur o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish va hududlarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.