Fuqarolarning yana bir murojaati deputat ko‘magi bilan o‘z yechimini topdi

 

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashidagi deputatimiz Akram Abdimurodovga tumanning “Olmazor” mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan edi.

Murojaatda mahalla hududidan oqib o‘tuvchi ariqning 800 metr qismi loyqa va chiqindilardan to‘lib qolgani uchun foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan.

Deputat mavjud vaziyatni joyiga chiqib o‘rgangandan keyin mas’ul tashkilotga mazkur ariqni tozalash va undan chiqqan tuproqni tashib ketish uchun maxsus texnika jalb etishni so‘rab so‘rov yuborgan edi.

Deputatimiz tashabbusi bilan jalb etilgan maxsus texnikalar yordamida ariq tozalanib, yaqinlashib kelayotgan bahor-yoz faslida foydalanish uchun tayyor holatga keltirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish