Muhsiddin Nizomiddinov: “Yomg‘ir suvidan foydalanish”
“Qishloq hayoti” gazetasining 51-sonida Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati, O‘zXDP Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i Muhsiddin Nizomiddinovning “Yomg‘ir suvidan foydalanish” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Unda yomg‘ir suvlarini yig‘ish va qayta foydalanish orqali ichimlik suvi tejamkorligini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda qishloq joylarda suv taqchilligini kamaytirishga qaratilgan deputatning amaliy takliflari bayon etilgan. Maqolada ushbu tashabbusning iqtisodiy va ekologik samaralari asoslab berilgan.