Yana bir murojaat yechimini topdi
Yana bir murojaat yechimini topdi

 

Partiyamiz Shumanay tuman kengashi raisi B.Sagatov “Ketenler” ovul fuqarolar yig‘ini “Qiziltao‘” aholi punkti hududida yashovchi I-guruh Xaltash Atabayevaning xonadonida bo‘lib, onaxon bilan suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida X.Atabayeva nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligini ma’lum qildi. B.Sagatov darhol tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilib mavjud vaziyatni tushuntirdi. Markaz xodimlari shu kunning o‘zida onaxonga nogironlik aravachasi olib kelib berishdi.

Deputatlarimiz hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor insonlarning holidan xabar olib, ularning murojaatlarini tinglab, o‘z vaqtida va samarali hal etishga bel bog‘lashgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish