Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Abdurahimova Toshkent tumanidagi 76-oilaviy poliklinikada aholiga o‘zi vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan yordam va tibbiy xizmat sifati yaxshi darajada. Buni hududda yashayotgan aholi vakillari ham tasdiqlashgan.
Deputat shuningdek, tumanining “Guliston” mahallasida yashovchi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari uchun bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil qildi.
Ko‘rikda 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etgan. Xususan, hududda yashovchi nuroniylar, ayollar, bolalarning salomatliklari tekshiruvdan o‘tkazildi.