Namangandagi suhbatda yoshlar faollikka chaqirilidi


Partiyamiz Namangan viloyat kengashi deputatlari Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar bilan “Yoshlar va siyosiy faollik” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi – yoshlarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga undashdan iborat bo‘ldi.Tadbir davomida yoshlarga Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari, elektorat manfaatlarini himoya qilishdagi ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati hamda partiyaning yoshlar borasidagi tashabbuslari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir samimiy ruhda, ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Yoshlar siyosiy hayotdagi faolligini yanada kuchaytirish bo‘yicha muhim fikr-mulohazalarni olishdi.

← Roʻyxatga qaytish