“Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaylik”: Samarqandda yana bir ijtimoiy loyiha

 

Partiyamiz Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan Samarqand pedagogika instituti hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi hamkorlikda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumda “Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaylik” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasini rag‘batlantirishdan iborat.

Tashkilotchilar, OAV xodimlari va mehmonlar maxsus texnikumda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Qayd etish kerakki, dars xonalar zamonaviy axborot texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan, ishlab chiqarish ustaxonalari va qizlar uchun bichish-tikish, zardo‘zlik to‘garaklari tashkil etilgan.

– Qizlarimiz tikkan zardo‘zlik hamda kashtado‘zlik mahsulotlariga xaridor ko‘p. Ularni ko‘rgan kishining havasi keladi. Biz, albatta, qizlarimizga kasb-hunar o‘rgatayotganimizdan faxrlanamiz. Buning uchun ular ham bizdan mamnun, – deydi texnikum zardo‘zlik guruhi rahbari Mamlakat Mirsaidova.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan texnikum talabalari Marjona Ixtiyorova va Fotima Qarshiyevalar tadbir tashkilotchilariga bunday uchrashuvlar ular uchun juda muhimligini, tadbirdan o‘ziga xos motivatsiya olganliklarini, ko‘rsatilgan e’tibor va mehr uchun minnatdorlik bildirishdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish