Keksalar, ayollar va bolalarning salomatligi tekshirildi

 

Shahrisabz shahar kengashi tomonidan 1-sonli oilaviy poliklinikada “Salomatlik aksiyasi” doirasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikda malakali shifokorlar tomonidan “Namaton”, “Navro‘z”, “Ipak yo‘li”, “Kamolot” hamda “Do‘stlik” mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari, keksalar, xotin-qizlar, yosh bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Jumladan, ko‘rikda 20 nafar keksalar, 30 nafar xotin-qizlar va 15 nafar nafar yosh bolalar chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rikda kasalligi aniqlangan bemorlarga kasallik turi va darajasiga qarab tavsiyanoma va yo‘llanmalar berildi.

Tadbir yakunida partiyamiz safiga qo‘shilishni istagan poliklinikaning malakali hamshiralariga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish