Ochiq muloqotlar ishonchni mustahkamlaydi

 

Oqoltin tuman Kengashi deputatlari hamda tuman hokimi boshchiligida “Ko‘rkam diyor” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda aholi vakillari va tadbirkorlar o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirishdi.

Bildirilgan har bir murojaat yozib olinib, tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilishi belgilandi. Ijtimoiy, kommunal, yo‘l, suv va energiya ta’minoti bilan bog‘liq aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha qat’iy choralar belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini birgalikda hal etishda muhim hisoblanadi. Bu o‘z-o‘zidan davlat organlari va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, saylovchilarning ularga nisbatan ishonchini oshiradi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish