Murojaatlar o‘z yechimini topdi
Urganch tuman Kengashidagi deputatimiz Qosimboy Yuldashev tumanning Merganovul mahallasida aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda fuqaro Javohir Sabirov yuk tashish uchun elektr motoroller olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Natijada deputatimiz tashabbusi bilan J.Sobirovga yuk tashish uchun mo‘ljallangan elektr motoroller berildi.
Yana bir murojaatchi Ro‘zimova Zumrad esa uy sharoitida pishiriq tayyorlash uchun elektr pechka bilan ta’minlandi.