O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Ishchi guruhi a’zolari Mo‘ynoq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi vakillari hamda “Talli o‘zak” mahalla fuqarolari yig‘ini vakillari bilan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha muloqot qilib, sohadagi islohotlar, kelgusi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.