Karmanada “Orzular dunyosi” aksiyasi tashkil etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi va Karmana tuman kengashi Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda tuman Madaniyat uyida “Orzular dunyosi” aksiyasi doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida ijodiy tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar o‘z asarlari, qo‘l mehnati namunalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda hamkor tashkilotlar, deputatlar, partiya a’zolari va faollari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi esdalik sovg‘alari, diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

 

O‘zbekiston XDP Navoiy viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish