Salomatlik aksiyasi

 

O‘zbekiston XDP Shahrisabz shahar kengashi tomonidan 1-sonli oilaviy poliklinikada «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» mavzusida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda shahardagi «Do‘stlik», «Ma’rifat» va «Barhayot» mahallalaridagi 21 nafar xotin-qiz, ularning farzandlari hamda 17 nafar keksalar sifatli bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib, dori-darmonlar bilan ta’minlandi.

Bunday ko‘riklarning tashkil etilishi nafaqat himoyaga muhtoj aholi qatlami salomatligini yaxshilash, shuningdek, soha vakillarining mas’uliyatini yanada oshirishi va fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urishini targ‘ib qilinishi bilan ham ahamiyatlidir.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish