Deputatimiz tashabbusi: 60 yoshdan oshganlarga tibbiy ko‘rik!
Deputatimiz tashabbusi: 60 yoshdan oshganlarga tibbiy ko‘rik!

 

Toshkent viloyat Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Shahnoza Abduraximova tashabbusi bilan 60 yoshdan oshgan viloyatdoshlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy amaliy tibbiyot markazida 1 maydan 10 mayga qadar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik doirasida 60 yoshdan oshgan fuqarolarimiz zamonaviy uskunalar yordamida tekshirilmoqda. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, tibbiy ko‘rsatmalar va maslahatlar berilmoqda.

Professional mutaxassis bo‘lgan deputatimizga tashabbus uchun, shuningdek, ko‘rikda ishtirok etayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorlik bildiramiz.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish