Xorazmliklar partiyamiz g‘oyalari tarafdori!

 

Qo‘shko‘pir tuman Madaniyat markazi binosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va mahalliy Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarning targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.

Saylovchilar bilan muloqotda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy g‘oyalari, yangi Saylovoldi dasturidagi eng muhim tashabbuslari to‘g‘risida, shuningdek, nomzodlar haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z takliflarini ham bildirishdi.

Muloqot jarayonida saylovchilar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish