Saylov — muhim siyosiy jarayon

 

Jahon tajribasidan ma’lumki, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi sog‘lom va kuchli raqobat, muayyan qatlamlar manfaatlarini himoya qilishda ularning maqbul takliflari, ishlab chiqqan dasturlari nafaqat partiyaning, balki mamlakatning kelajagini belgilashda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston XDP Peshku tuman kengashi raisi S.Jamanchayeva yoshlarning siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga keng jalb qilish hamda yoshlarga oid qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni shakllantirish, aholining saylov jarayonlaridagi faolligini oshirish, yangi saylov tizimi bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir so‘nggida yoshlar o‘z fikr mulohazalarini bildirib, o‘z xohishlariga binoan partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish