lojihalarimiz
Jamoatchilik eshituvida muhim masala ko‘tarildi
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi bo‘yicha deputatlar tomonidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi...
Deputatimiz darxonliklarning muammolarini hal qilishga bel bog‘ladi
Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashidagi deputatimiz O‘tkirbek Noraliyev hududdagi “Darxon” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi...
Xo‘jaqishloqliklar deputatimizga yangi maktab qurish taklifini bildirishdi
Partiyamiz Samarqand viloyat kengashi raisi Badriddin Nasriyev Samarqand shahridagi "Xo‘jaqishloq" mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi...
Toshkentdagi onkologik holat o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlaridagi deputatlarimizdan iborat ishchi guruh Toshkent shahrida onkologiya sohasini rivojlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tahliliy o‘rganishlarini davom ettirmoqda...
Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz faoliyatidan
Uchrashuvda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ko‘tarildi
Partiyamiz Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Rustambek Tursunmuradov Oqoltin tumani “Ahillik” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar muhokama qilindi...
“Siyosatdagi yoshlar” — intellekt va tafakkur maydoni!
Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni aniqlash maqsadida partiyamiz Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent davlat texnika universitetida “Siyosatdagi yoshlar” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi...
Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz faoliyatidan
Farg‘ona viloyatidagi maktablarning ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi muhokama qilindi
Partiyaning xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi deputatlari yil boshidan beri Qo‘qon shahri, Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Rishton, O‘zbekiston hamda Furqat tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi holati hamda suv manbalari, ularning ishlash barqarorligini o‘rgandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, jamoatchilik faollari, mas’ul idoralar vakillari, mutasaddi tashkilotlar ishtirokida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi...
Yoshlarning siyosiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi
Partiyamiz Namangan viloyat kengashi tomonidan “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turnir tashkil etildi...