Sharipov Firdavs Xolnazarovich
Sharipov Firdavs Xolnazarovich
Sharipov Firdavs Xolnazarovich


O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Mafkura va ma’rifiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari

 

Tug‘ilgan yili: 07.09.1983 yil
Tug‘ilgan joyi: Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani
Millati: o‘zbek
Partiyaviyligi: O‘zbekiston XDP a’zosi

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Milliy istiqlol g‘oyasi: xuquq va ma’naviyat asoslari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati.

 

Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

2017-2020 yy. - Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati;
2020 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

 

MEHNAT FAOLIYATI

2000-2003 yy. - Denov tumani «A.Hidoyatov» jamoa xo‘jaligi hisobchisi;
2003-2007 yy. - Termiz davlat universiteti talabasi;
2007-2012 yy. - Termiz ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi;
2012-2017 yy. - Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasining katta mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, guruh rahbari-bosh mutaxassisi, guruh rahbari-hududiy bo‘linma rahbarining o‘rinbosari;
2014-2019 yy. - Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini malakasini oshirish kursi o‘qituvchisi(o‘rindoshlik asosida);
2017-2017 yy. - Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari;
2017-2020 yy. - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari;
2020-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi;
2021 y. – h.v.  - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Mafkura va ma’rifiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari;
2023 y. -  h.v.  - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.