Safimizdagi yoshlar 
         
                                    
O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashi tomonidan tumandagi 2-kasb-hunar maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda tuman kengashi raisi, 17-Uchtepa saylov okrugi deputati Nazira Elmurodova yutuqlarga erishgan, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida partiyaning hissasi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida partiya safiga kirish istagini bildirgan yoshlar a’zolikka qabul qilinib, a’zolik guvohnomalari topshirildi.
