Deputatlar saylov okruglarida
         
                                    
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sharofiddin Nazarov Qashqadaryo viloyat Ko‘kdala tumanidagi saylovchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Hududdagi tuman hokimi, sektor rahbarlari, deputatlik guruhlari vakillari bilan suhbatlashib, aholini qiynayotgan masalalar yechimi yuzasidan fikr-mulohazalar almashdi.
Shuningdek, Ko‘kdalada olib borilayotgan qurilish ishlari, yo‘larni tekislash, asfalt yotkizish va boshqa rekonstruksiya jarayonlari bilan tanishildi.
