Kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashuv
         
                                    
O‘zbekiston XDP Koson tuman kengashi tomonidan «Safimizdagi yoshlar» loyihasi asosida tumandagi «Ishga marhamat» monomarkazida kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Koson tuman partiya kengashi raisi S. Rahimov so‘zga chiqib, «O‘zbekiston-2030» strategiyasi va unda ta’limga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar siyosati, monomarkazda yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
