Ma'lumki, hududlarda Ish reja asosida "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy eʼtiborda" loyihasi doirasida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston XDP Nishon tuman kengashi hamda Nishon tuman tugʻruq kompleksi bilan hamkorlikda, tuman tibbiyot birlashmalari boshligʻining Onalik va bolalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oliy toifali ginekolog Xalilova Muyassar ishtirokida homilador ayol salomatligi va rivojlanishi jihatlari asosida, xotin-qizlar o‘rtasida tibbiy koʻrik oʻtkazilib, tavsiya va maslahatlar berildi...
Ushbu loyihani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasida bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish qonunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-profilaktika muassasalari tarmoqlarini yaratishga asoslanganidir!...