Yangi O‘zbekiston yoshlari huquqlari asosiy Qonunimizning ishonchli himoyasida
Yangi O‘zbekiston yoshlari huquqlari asosiy Qonunimizning ishonchli himoyasida

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston yoshlari huquqlari asosiy Qonunimizning ishonchli himoyasida” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Tadbirni jamg‘arma raisi O.U. Salimov ochib berdi va barchani yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q. Qosimova so‘z olib yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini ishlab chiqish jarayoni, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar va unda yoshlarga tegishli moddalar haqida batafsil tushuntirib berdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur javoblarni olishdi.

Seminar-treningni ikkinchi qismida jamg‘arma direktor o‘rinbosari M.M. Muhammadyunusova va partiya yoshlar sektori rahbari M.M. Nizomiddinovlar tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan interaktiv savol-javoblar, viktorinalar o‘tkazildi.

Unda faol ishtirok etgan barcha yoshlarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan badiiy adabiyotlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Seminar-treningni tashkil qilishda yaqindan yordam bergani uchun “Ulug‘bek” jamg‘armasiga minnatdorlik bildirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Yoshlar qanoti Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish